Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan.

“Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqiqlangan normalarni inobatga olgan holda hamda raqobat muhitini ta’minlash maqsadida qarorni bekor qilish va talablarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma xati yuborildi”, deyilgan munosabatda.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanidagi “Garden Catering Trade” korxonasi shu yilning 16 iyul kuni o‘z ish faoliyatini boshlagan. Uning ochilish marosimiga esa shaxsan viloyat hokimi Hayrullo Bozorov tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan tanishgan. Oradan 9 kun o‘tar-o‘tmas korxonaga butun boshli tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi berilgan.

Hulkar Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona hokim Quvasoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing