Farg‘ona hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Hakimjon Abdumo‘minovich Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Hakimjon Dolimov jamoatchilikka tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, Hakimjon Dolimov 1983 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida mutaxassislikdan boshlagan. Mazkur boshqarmada bosh mutaxassis, birinchi o‘rinbosar, Farg‘ona viloyati hokimining sanoat, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Milliy va hududiy investitsiyalarning yo‘nalish va loyihalarini shakllantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Farg‘ona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori vazifalarida ishlagan.

Dolimov 2021 yildan tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekzod Turg‘unovich Toshpo‘latov Jizzax viloyatidagi Zarbdor tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing