Faoliyati to‘xtatilgan Toshkent IESdagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd tilishicha, O‘zbekistonning barcha hududlarida, xususan poytaxt va uning atrofida elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanib, elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

“Misol uchun, elektr ta’minotida yirik nosozlik kuzatilgunga qadar Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblogi ishlab turgan edi. Ayni paytda esa sozlash-tiklash ishlari olib borilib, ularning 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

“Konets sveta”

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing