Fanat Qahramonov iordaniyalik raqibini mag‘lub etdi
Sport
−
03 mart 2020
5358Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa davom etmoqda. Biroz avval o‘zbekistonlik bokschi Fanat Qahramonov -75 kilogramm vazn toifasida saralash bosqichida ringga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik bokschi dastlabki davrada mezbon sportchi Osama Majid bilan ro‘baro‘ keldi. 3 raund davomida to‘liq ustunlikka erishgan Qahramonov ikkinchi davra yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva terma jamoa vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilib Mikroneziyalik bokschi Jennifer Chiyengni mag‘lub etdi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi