AQSH va Eron bir-birining ob’ektlariga zarba berdi
Olam
−
08:57 2200 1 daqiqa
Eron harbiylari 31 avgustga o‘tar kechasi Iordaniyadagi ikkita bazaga hujum qilib, vertolyotlarga shikast yetkazdi va dronlarni yo‘q qildi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ma’lum qildi.
“Faysal qiroli va Shahzoda Hasanning Iordaniyadagi bazalariga uyushtirilgan raketa va dronlar hujumidagi javob choralarining birinchi bosqichida F-15 samolyotlariga xizmat ko‘rsatish angariga zarba berildi. Bundan tashqari, hujum davomida dronlarni tayyorlash angari va 8 ta MQ-9 droni po‘latday yo‘q qilindi, yana ikkitasi jiddiy shikastlandi”, deyiladi IIMK matbuot xizmati bayonotida.
Tehron, shuningdek, AQSHning ikkita vertolyoti shikastlanganini hamda harbiylar joylashgan markazga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar va yaradorlar borligini ta’kidlamoqda. IIQKning aniqlik kiritishicha, ushbu zarbalar Eronning Larak oroliga qilingan Amerika-Isroil havo hujumiga javob bo‘lgan.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi Larak orolidagi IIQKga tegishli ikkita raketa qurilmasiga zarba berilganini ma’lum qildi. Eron ushbu qurilmalardan Hormuz bo‘g‘iziga dengiz minalari o‘rnatilgan raketalarni uchirishda foydalanmoqchi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, “Fox News” telekanali manbaga tayanib xabar berishicha, AQSHning Iordaniyadagi bazalariga hozircha sezilarli zarar yetkazilmagan, deyarli barcha zarbalar qaytarilmoqda. “Reuters” agentligi Iordaniya hukumatiga tayanib xabar berishicha, qirollik qo‘shinlari mamlakat havo hududiga kirgan 8 ta raketani tutib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Live
Barchasi