Falastinning yangi Bosh vaziri tayinlandi
Olam
−
15 mart
4687Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Falastin sarmoya fondi raisi Muhammad Mustafoni yangi Bosh vazir etib tayinladi. Tegishli farmonni Abbos imzoladi va Mustafoga yubordi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi.
“Biz sizni Bosh vazir etib tayinlashga qaror qildik va qonunda belgilangan muddatlarda Falastinning 19-hukumatini tuzishni topshirdik”, deyiladi farmonda.
Falastin milliy ma’muriyati rahbari yangi Bosh vazirni “Falastin xalqi manfaatlarini himoya qilish, uning yutuqlarini asrab-avaylash va oshirish hamda o‘z maqsadlariga erishishda yordam berishga” chaqirdi.
Abbosning idorasi yangi hukumatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari "G‘azo sektorini iqtisodiy tiklashga tezkor o‘tish", "Isroil harbiylari tomonidan Falastin anklavining janubi va shimolidagi vayron qilingan hududlarni" qayta qurish, "Mustaqil Falastin davlatining kelajagi haqida aniq tasavvurni shakllantirish" hamda iqtisodiyot va davlat xavfsizligi kabi sohalardagi islohotlar bo‘lishini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Bosh vazir etib tayinlangan Muhammad Mustafo Jahon banki va Falastin ma’muriyati muassasalarida, jumladan, Falastin sarmoya fondida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Falastinning sobiq bosh vaziri Muhammad Shtaye o‘z hukumati iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr