Falastinda Isroil hujumlari oqibatida kamida 353 futbolchi halok bo‘lgan
Sport
−
10 dekabr
2365Isroilning Falastinga hujumlari oqibatida kamida 353 futbolchi, jumladan 91 bola halok bo‘lgan. Bu haqda Falastin futbol federatsiyasi vitse-prezidenti va Osiyo futbol konfederatsiyasining ijroiya qo‘mitasi a’zosi Suzan Shalabiy “Marca” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Barqaror sport inshootlari to‘liq vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan. Biz kamida 353 futbolchini yo‘qotdik, ulardan 91 nafari bola, shuningdek 108 boshqa sport turlari bo‘yicha mutaxassislar va 85 skout halok bo‘ldi. Biz hozirgacha ko‘plab bedarak yo‘qolganlarning taqdirini bilmaymiz”, dedi Shalabiy.
Shuningdek, Shalabiy Xalqaro futbol federatsiyasini (FIFA) bu holatga nisbatan befarqlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi ba’zi stadionlarni konslager sifatida ishlatgan va unda falastinliklarni majburiy usulda ushlab turgan.
“Ba’zi maydonlar hatto qurbonlarni dafn etish uchun joy yo‘qligi sababli qabristonlarga aylantirildi”, deydi Shalabits.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil qilish agentligi (UNRWA) xodimi Luiza Uoterij G‘azo sektorida har kuni o‘rtacha 67 bola halok bo‘layotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi