Falastin stol tennisi federatsiyasi rahbari qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘ldi
Sport
−
18 Oktabr 2023
2943Joriy yilning 15 oktyabr kuni Falastin stol tennisi federatsiyasi raisi Muhammad Aldalu mintaqada sodir bo‘layotgan Isroil bilan urush harakatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) o‘z saytida ma’lum qildi.
“Falastin stol tennisi federatsiyasi prezidenti janob Muhammad Aldaluning o‘limi munosabati bilan chuqur qayg‘udamiz. ITTF mintaqada sodir bo‘lgan dahshatli zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga hamdardlik bildiradi”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Shuningdek, ITTF barcha sportchilar va jamoalar xavfsizligidan xavotirda ekanini bildirgan.
“Federatsiya har qanday zo‘ravonlikni keskin qoralab, barcha o‘yinchilar va stol tennisi jamoalarining a’zolari xavfsizligidan xavotirda. ITTF stol tennisining birlashtiruvchi kuchini yana bir bor tasdiqlab, vaziyat yaxshilanishiga umid qiladi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastinni qo‘llab-quvvatlab ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgani uchun ko‘pgina futbolchilarga chora ko‘rilgani xabar qilingandi. Shuningdek, G‘azodagi holatlarni qoralagani uchun mashhur futbolchi Karim Benzema Fransiya IIV tomonidan terrorchiga chiqarildi.
LiveBarchasi