Falastin Prezidenti Moskvaga kelyapti

Olam

image

Moskva Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hofiz Nofal ma’lum qildi.

"Biz Moskva bilan doimiy aloqadamiz. Hozir Prezident Abbosning Moskvaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda", degan diplomat.

Elchining qo‘shimcha qilishicha, hozirgi bosqichda Moskvada Falastin-Isroil kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yo‘q. Bir necha yil avval Prezident Vladimir Putin Abbos va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘rtasida muzokaralarni Rossiya poytaxtida o‘tkazishni taklif qilgan va Falastin tomoni bunga darhol rozi bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Isroil va Falastin o‘rtasida yangi qurolli nizo chiqdi. Mahmud Abbos ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirar ekan “Falastin xalqi o‘zini terrorizm va ishg‘olchi kuchlardan himoya qilishi kerak"ligini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Falastin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing