Falastin Prezidenti ham shifoxonaning portlatilishi tufayli Iordaniyaga bormaydi
Olam
−
18 Oktabr 2023 9721 1 daqiqa
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Isroilning G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga bergan zarbasi sababli Iordaniyaga tashrifini to‘xtatdi. Bu haqda Falastinni ozod qilish tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Husayn ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Abbos to‘rt tomonlama uchrashuvda ishtirok etish uchun Ammanda bo‘lgan. Biroq shifoxonaga qilingan hujumdan so‘ng, vataniga qaytgan.
Husayn ash-Shayxga ko‘ra, Mahmud Abbos Falastin ma’muriyati rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Iordaniya poytaxti Ammanda AQSH Prezidenti Jo Bayden, Iordaniya qiroli Abdulla II, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Falastin rahbari Mahmud Abbos ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu hujum fonida AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Iordaniyaga tashrifini qoldirgandi.
Live
Barchasi