Falastin muammosi har bir musulmonning qalbida – Putin
Olam
−
11 Oktabr 2023
13047Bugun, 11 oktyabr kuni Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Iroq Bosh vaziri Muhammad al Sudaniy Rossiya energetika haftaligining yalpi majlisida ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan RF yetakchisi Isroil-Falastin mojarosiga to‘xtalib o‘tdi.
“Falastin muammosi har bir musulmonning qalbida va adolatsizlik sifatida qabul qilinadi”, deydi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Isroil tashkil etilganida birdaniga suveren Falastinni yaratish haqida gap ketgan, ammo bu hech qachon amalga oshirilmagan.
Vladimir Putin mintaqada zo‘ravonlikning sabablaridan biri sifatida Isroilning "joylashuv siyosati"ga ishora qildi. U Isroilda har ikki tomonni “ayollar va bolalarni tinch qo‘yishga”, erkaklarni esa “o‘zaro” jang qilishlariga chek qo‘yishga chaqirdi.
“Isroildagi mojaroning kengayishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan, energetika sohasida ham”, deydi Vladimir Putin.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro AQSH siyosatining muvaffaqiyatsizligi ekanligini aytgandi.
Ma’lumot o‘rnida, 10 oktyabr kuni Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy tashrif bilan Rossiya poytaxtiga yetib borgan edi.
LiveBarchasi