Isroildagi qurolli to‘qnashuvlar fonida jahon bozorlarida neft narxi ko‘tarildi

Olam

image

Falastin – Isroil mojarosining keskinlashuvi jahon bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi: "Brent" va WTI markali neft narxi qimmatlashdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qiziq tomoni Isroil yirik neft ishlab chiqaruvchisi bo‘lmasa-da, ushbu hududdagi qonli voqealar investorlarni cho‘chitib yuborgan. Oqibatda Amerika bozorida xom ashyo narxi 4 foizga oshgan. Yakshanba oqshomida "Brent"ning bir barreli 87 dollardan sotilgan.

Nyu-York tovar birjasida WTI neftining narxi 86,35 dollarni (+4,3%) tashkil etgan.

"Brent" dekabr fyucherslarining narxi Londonning ICE birjasida 88,99 dollar/barrelga yetdi.

ANZ Group tahlil markazi ekspertlarining ta’kidlashicha, bozorlar uchun asosiy masala bu mojaroning hozirgi hududlarda qolishi yoki boshqa mintaqalarga tarqalishidir. Ayniqsa AQSH va Eronning mojaroga kirishishidan ham xavotirlar kuchaymoqda.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. 

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil neft' narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing