Falastin guruhlari sulh muzokaralaridagi HAMASning pozitsiyasi bo‘yicha konsensusga erishdi

Olam

image

Qohirada bo‘lib o‘tayotgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda HAMAS delegatsiyasining talablari yuzasidan Falastin jamoatchiligi va Falastin qarshilik guruhlari o‘rtasida konsensus shakllandi. Bu haqda Damashqdagi Falastin Milliy Kengashi binosida bo‘lib o‘tgan Falastin qarshilik guruhlari vakillarining maslahat yig‘ilishida HAMAS milliy ishlar boshqarmasi rahbari Xosam Bedran ma’lum qildi.

Uning aytishicha, muzokaralar G‘azo sektorida to‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil armiyasini butun eksklavdan olib chiqib ketish, ko‘chirilgan falastinliklarni uylariga qaytarish, asirlar almashinuvi, G‘azoda qayta qurish ishlarini boshlash bo‘yicha kelishuvni ham qamrab olishi kerak.

HAMAS vakilining ta’kidlashicha, Isroil tobora xalqaro miqyosda yakkalanib qolmoqda, global va mintaqaviy o‘yinchilar muzokaralarda Tel-Aviv pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashdan ko‘proq bosh tortmoqda.

Bedranga ko‘ra, Isroilning G‘azo janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiyani talab qilishi Isroilning yakkalanishini yanada chuqurlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Falastin harakati Qatar va Misrning G‘azo sektorida nisbiy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilish qarorini e’lon qilgan edi. Buning ortidan Isroil hukumati Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi. Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida joylashgan hududlarga hujum uyushtirdi. Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi 9 may oqshomida Isroil mudofaa kuchlarining G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi amaliyotini kengaytirish uchun ovoz berdi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Falastin Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing