Facebook va Instagram o‘ylaganimizdek ishonchli emas. Meta’da firibgar xodimlar ushlandi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Meta korporatsiyasining bir necha xodimlari foydalanuvchilarning akkauntlarini egallab olgani uchun ishdan bo‘shatildi yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, sobiq xodimlar Facebook'ning ichki mexanizmiga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Ular parol va loginlarini unutgan yoki sahifalari xakkerlar tomonidan buzib kirilgan foydalanuvchilarga yordam berish uchun foydalanilgan. Bo‘shatilgan xodimlar esa xakkerlarga foydalanuvchilarning hisoblariga kirish uchun ruxsat bergan va buning uchun minglab dollar pora olgan.

Meta vakili Endi Stounning qayd etishicha, firibgarlik xizmatlari onlayn platformalarni doimiy ravishda nishonga oladi. Bundan Meta ham holi emas. 

“Firibgarlik xizmatining provayderlari har doim onlayn platformalarni nishonga olishadi. Shu jumladan bizning kompaniya ham nishonga aylanadi. Firibgarlar o‘zlarining taktikasini sanoatda qo‘llaniladigan xavfsizlik choralariga qarab moslashtiradi”, degan Stoun. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya bunday sxemalar ishtirokchilariga qarshi chora ko‘rishda davom etadi.

Nashrning tushuntirishicha, ko‘pchilik hayotini ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lagan. Boshqa birovning shaxsiy hisobini qo‘lga kiritish esa foydali biznes. Facebook yoki Instagram'dagi begona sahifalarga kirish imkoniyati o‘n minglab dollarga sotilishi mumkin. Bu esa 3 milliarddan ortiq foydalanuvchisini to‘liq qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega bo‘lmagan Meta uchun katta va chalkash muammolarni keltirib chiqaradi. Kompaniya esa kelgusida ushbu muammolarga yechim topilishini aytadi.

Eslatib o‘tamiz, Meta asoschisi Mark Sukerberg kompaniya ishchilarini 13 foizga qisqartirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu degani 11 ming kishi o‘z ish joyidan ayriladi.

Avvalroq, Twitter'da ishdan bo‘shashning yangi to‘lqini boshlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, dunyoning eng yirik internet do‘koni Amazon ham 10 ming ishchisini bo‘shatmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram Mark Tsukerberg Amazon Meta Facebook

Baholaganlar

117

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing