Fyuri Toshkentga kelmaydigan bo‘ldi
Sport
−
13 noyabr 2023
7537Superog‘ir vazn toifasida amaldagi Butunjahon boks ittifoqi (WBC) chempioni, britaniyalik professional bokschi Tayson Fyuri O‘zbekistonga kelmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilayotgan WBC'ning 61-Konvensiyasi doirasidagi rasmiy tadbirda ma’lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, Fyuri yaqindagina jang o‘tkazgani va Angliyada matbuot anjumanida ishtirok etishi bois Toshkent mezbonligidagi tadbirga kela olmaydi.
Fyuridan tashqari hali amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson ham hali O‘zbekistonga kelgani yo‘q. 61-Konvensiyaning Toshkentdagi dastlabki tadbirida bir qator boks yulduzlari, jumladan Evander Xolifild, Xulio Sesar Chaves, Amirxon, Konstantin Szyu, Aleksandr Usik va boshqa bir qator mashhur charm qo‘lqop ustalari ishtirok etdi.
WBC'ning Toshkentdagi tadbirlari 17 noyabrga qadar davom etadi. 17 noyabr kuni esa “Humo arena”da o‘zbekistonlik professional bokschilar ishtirokida janglar bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi