Fyuri britaniyalik “yovuz”ga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangida Dillian Uaytga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin.

“The Telegraph” nashrining yozishicha, britaniyalik bokschining vakillari Bob Arum va Frenk Uorren allaqachon “lo‘lilar qiroli” va “yovuz” o‘rtasidagi chempionlik jangini tashkil etish borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Unga ko‘ra Fyuri – Uayt jangi kelasi yilning mart oyida Kardiff shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, Arumni WVA, WBO va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan og‘ir vaznda mutlaq Jahon chempioni unvoni uchun jang ko‘proq qiziqtirgan, biroq ukrainalik bokschi Entoni Joshua bilan revanshni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni hisoblangan Tayson Fyuri joriy yilning oktyabr oyida amerikalik Deontey Uaylder (45-2) ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ikkala tirsagini operatsiya qilish uchun shifoxonaga joylashtirilgani haqida ma’lumot bergan edik.

Ma’lumot uchun, WBC kamarining vaqtinchalik chempioni Dillian Uayt navbatdagi jangini joriy yil dekabr oyida Otto Vallinga qarshi o‘tkazadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Prof boks Dillian Uayt Bobo Arum

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing