F-16 samolyotlarining birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazildi – “Bloomberg”
Olam
−
31 iyul
6851NATO ittifoqchilaridan F-16 qiruvchilarining birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, qiruvchilar soni "kam". Manbalar, shuningdek, so‘nggi oylarda G‘arbda tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainalik uchuvchilar jangovar samolyotlarni boshqarishni darhol boshlashlari mumkinmi yoki bu jarayon uzoq davom etishi aniq emasligini ta’kidladi.
“Bloomberg” Kiyevga F-16 samolyotlarini yuborgan qiruvchilarning aniq soni va davlatlarni ochiqlamadi. Agentlik F-16’ning topshirilishini bir yildan ko‘proq vaqt talab etgan “uzoq kutilgan qadam” deb atamoqda.
Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Kiyevga va’da qilgan F-16 samolyotlari hali yetib kelmaganini ma’lum qilgandi.
10 iyul kuni Oq uy matbuot xizmati Daniya, Niderlandiya va AQSH rahbarlarining Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish rejalari haqida qo‘shma bayonotini e’lon qildi.
AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, NATO ittifoqchilari “Ukraina uchuvchilari F-16'lardan shu yilning yozidayoq foydalanishini” ta’minlash ustida ishlamoqda.
Keyinchalik Zelenskiy Polsha bilan kelishuvni e’lon qildi va u bu qiruvchilarni Ukrainaga yetkazib berishni tezlashtirishini da’vo qildi.
LiveBarchasi