FHDYO shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi. 

Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2–5-raqamlar FHDYO organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8–12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.

12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ma’lumot almashinuvini osonlashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo dalolatnoma

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing