Yozuvchi Salmon Rushdiy bir ko‘zidan ayrilishi mumkin

Olam

image

Yozuvchi Salmon Rushdiyni pichoqlagan shaxs Nyu-Jersi shtatida yashovchi 24 yoshli Hadi Matar bo‘lib chiqdi. Bu haqda Nyu-York shtati politsiyasi vakili ma’lum qildi. 

“Biz hujum motivini aniqlayapmiz. Uning yolg‘iz harakat qilganiga ishonamiz, ammo bu versiyani tasdiqlash uchun choralar ko‘ryapmiz”, deydi politsiya xodimi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Federal qidiruv byurosi hujumni tergov qilishda ishtirok etgan. 

Reuters” agentligi yozuvchining agenti Endryu Uaylining bayonotiga tayanib, Rushdiy sun’iy havo moslamasi orqali nafas olayotganini ma’lum qildi.  

“Xabar yaxshi emas. Salmonning bir ko‘zidan ayrilishi ehtimoli bor, qo‘lidagi nervlar uzilib,  jigari jarohatlangan", deya ta’kidladi agentlikdan iqtibos keltirgan Uayli. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 avgust kuni “Buker” mukofoti sovrindori, yozuvchi, islom olami vakillarining qattiq tanqidiga uchragan kitob muallifi Salmon Rushdiy Amerika Qo‘shma Shtatlarida hujumga uchradi. Voqea Nyu-York shahrida joylashgan Chotakua institutidagi tadbir vaqti yuz bergan. Yozuvchi sahnada vaqti o‘tirganlardan biri yoniga chiqib, uni pichoqlagan. 

Noma’lum shaxs Rushdiyni jamoatchilikka tanishtirish vaqtida unga hujum qilgan va kaltaklagan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Rushdiy Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U 1998 yilda yozgan “Shayton oyatlari” nomli romani bilan tanqidlarga uchragan. Uning asarlari Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Somali va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan.

Roman nashr etilganidan bir yil o‘tib, Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Homanaiy fatvo (farmon) chiqarib, kitobning chiqarilishiga aloqador bo‘lganlarning hammasini qatl qilishga buyurgan. Eronning turli jamg‘armalari Rushdiyning boshi uchun mukofotni 3,3 mln dollargacha ko‘targan.

Shundan so‘ng, G‘arb mamlakatlarida, xususan, AQSH va Britaniyadagi mazkur kitob sotiladigan do‘konlarga o‘t qo‘yish va hujumlar boshlangan, Yaponiyada esa kitob tarjimasi muallifi o‘ldirilgan.

1990 yilda Rushdiy Islom diniga hurmat so‘zlarini izhor qilib, omma oldida kechirim so‘radi, biroq Eron Hukumati fatvoni bekor qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Salmon Rushdiy

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing