Rushdiyga qilingan hujumda Eron ayblanmoqda. Yozuvchining ahvoli og‘ir

Olam

image

Britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiyga qilingan hujumda faqat uning o‘zi, shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlaganlar aybdor. Bu haqda bugun, 15 avgust kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani Chafiy matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Suiqasd bilan bog‘liq vaziyatda biz o‘zi va uning tarafdorlaridan boshqa hech kimni aybdor yoki gumonlanuvchi deb hisoblamaymiz”, deydi u. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hech kim Eronni [yozuvchiga suiqasd uyushtirishda] ayblashga haqli emas. 

Gap shundaki, Boris Jonson iste’foga chiqqanidan so‘ng, o‘zini hukmron Konservativ partiya rahbari va mamlakat Bosh vaziri deb da’vo qilayotgan Buyuk Britaniya G‘aznachiligining sobiq rahbari Rishi Sunak Eronga qarshi sanksiyalar joriy etish va Islom inqilobi posbonlari korpusini terrorchilik tashkiloti sifatida tan olishni taklif qildi. U Nyu-Yorkda asli Hindistonda tug‘ilgan britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiyga uyushtirilgan hujumga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aloqador deb bilmoqda. 

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid esa Salmon Rushdiyga hujumni qoraladi. 

"Salmon Rushdiyga qilingan hujum bizning erkinligimiz va qadriyatlarimizga qilingan hujumdir. Bu Tehrondagi ekstremistik rejim tomonidan o‘nlab yillar davomida olib borilgan gijgijlash natijasidir", deydi Lapid. 

Bosh vazir Isroil xalqi nomidan Rushdiyga “to‘liq va tez tuzalib ketishini” tiladi. 

Salmon Rushdiyning o‘g‘li Zafar Rushdiyning ma’lum qilishicha, ayni vatqda yozuvchining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. 

“Juma kuni sodir bo‘lgan hujumdan so‘ng, otam shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda va intensiv davolanishni davom ettirmoqda. Kecha u sun’iy nafas va kislorod terapiyasidan olinganida bir necha so‘z aytishga muvaffaq bo‘lganimizda, biz juda yengillashdik”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 avgust kuni “Buker” mukofoti sovrindori, yozuvchi, islom olami vakillarining qattiq tanqidiga uchragan kitob muallifi Salmon Rushdiy Amerika Qo‘shma Shtatlarida hujumga uchradi. Voqea Nyu-York shahrida joylashgan Chotakua institutidagi tadbir vaqti yuz bergan. Yozuvchi sahnada vaqti o‘tirganlardan biri yoniga chiqib, uni pichoqlagan. 

Noma’lum shaxs Rushdiyni jamoatchilikka tanishtirish vaqtida unga hujum qilgan va kaltaklagan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Rushdiy Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U 1998 yilda yozgan “Shayton oyatlari” nomli romani bilan tanqidlarga uchragan. Uning asarlari Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Somali va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan.

Roman nashr etilganidan bir yil o‘tib, Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Homanaiy fatvo (farmon) chiqarib, kitobning chiqarilishiga aloqador bo‘lganlarning hammasini qatl qilishga buyurgan. Eronning turli jamg‘armalari Rushdiyning boshi uchun mukofotni 3,3 mln dollargacha ko‘targan.

Shundan so‘ng, G‘arb mamlakatlarida, xususan, AQSH va Britaniyadagi mazkur kitob sotiladigan do‘konlarga o‘t qo‘yish va hujumlar boshlangan, Yaponiyada esa kitob tarjimasi muallifi o‘ldirilgan.

1990 yilda Rushdiy Islom diniga hurmat so‘zlarini izhor qilib, omma oldida kechirim so‘radi, biroq Eron Hukumati fatvoni bekor qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Salmon Rushdiy

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing