Bu qabihlik – AQSH Rushdiyga suiqasdda Eronning “qo‘li borligini” iddao qildi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligining britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiyga qilingan hujumda faqatgina uning o‘zi aybdor ekani haqidagi bayonoti asossiz. AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays kecha, 16 avgust kuni brifingda shundaf fikr bildirdi.

“U jirkanchlik. U qabihlik. Biz buni qoralaymiz”, degan u Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Chafiyning bayonotlarini sharhlar ekan.

Davlat departamenti rasmiysi Erondagi tuzum uzoq yillar davomida Rushdiyning hayotiga asosiy tahdid bo‘lib kelgan.

“Va hech kimga sir emaski, Eron rejimi yillar davomida uning (yozuvchi) hayotiga tahdidlarning markazida bo‘lgan. Biz birinchi fatvo chiqarilganidan beri Eron rasmiylari yillar davomida zo‘ravonlik qo‘zg‘atmoqchi bo‘lganini eshitdik Shuni aytmoqchimizki, bu biz chidashimiz mumkin bo‘lgan narsa emas”, deya qo‘shimcha qildi diplomat va Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotini ichiqoralik deb atagan.

U AQSH huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli surishtiruvi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.

Yozuvchiga qilingan hujum munosabati bilan Davlat departamenti vakilidan Ozarbayjon fuqarosi ekani aytilayotgan 23 yoshli Xolid Mehdiyevning hibsga olinishiga izoh berish so‘ralgan. U Eron hukumatini tanqid qiluvchi jurnalist va huquq faoli Masih Alinejadning uyi yonida o‘qlangan AK-47 avtomati bilan hibsga olingan.

“Biz qaysidir ma’noda buni (yozuvchiga suiqasd – tahr.) transmilliy repressiya, transmilliy tajovuzga urinish deb bilamiz. Eron nafaqat repressiyani, balki tajovuzkorlikni ham eksport qilishga intilayotgan ko‘plab hukumatlardan biridir”, degan Prays.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bunday faoliyat davom etsa”, aybdorlar “jiddiy xarajatlar va oqibatlarga” duchor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 avgust kuni “Buker” mukofoti sovrindori, yozuvchi, islom olami vakillarining qattiq tanqidiga uchragan kitob muallifi Salmon Rushdiy Amerika Qo‘shma Shtatlarida hujumga uchradi. Voqea Nyu-York shahrida joylashgan Chotakua institutidagi tadbir vaqti yuz bergan. Yozuvchi sahnada vaqti o‘tirganlardan biri yoniga chiqib, uni pichoqlagan. 

Noma’lum shaxs Rushdiyni jamoatchilikka tanishtirish vaqtida unga hujum qilgan va kaltaklagan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Rushdiy Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U 1998 yilda yozgan “Shayton oyatlari” nomli romani bilan tanqidlarga uchragan. Uning asarlari Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Somali va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan.

Roman nashr etilganidan bir yil o‘tib, Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Homanaiy fatvo (farmon) chiqarib, kitobning chiqarilishiga aloqador bo‘lganlarning hammasini qatl qilishga buyurgan. Eronning turli jamg‘armalari Rushdiyning boshi uchun mukofotni 3,3 mln dollargacha ko‘targan.

Shundan so‘ng, G‘arb mamlakatlarida, xususan, AQSH va Britaniyadagi mazkur kitob sotiladigan do‘konlarga o‘t qo‘yish va hujumlar boshlangan, Yaponiyada esa kitob tarjimasi muallifi o‘ldirilgan.

1990 yilda Rushdiy Islom diniga hurmat so‘zlarini izhor qilib, omma oldida kechirim so‘radi, biroq Eron Hukumati fatvoni bekor qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Salmon Rushdiy

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing