Yozning jaziramasida Toshkentning yana uch tumani “svet”siz qoladi
Jamiyat
−
13 iyul 2023
6788Ertaga, 14 iyul kuni poytaxt Toshkentning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
• Olmazor tumani: “Na’muna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
• Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
• Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtning Sergeli, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mahallalarda kuz-qish mavsumoldi tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani sabab chiroq vaqtincha o‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi