Eyfel minorasida bomba borligi haqida xabar berildi

Olam

image

Bugun, 12 avgust kuni Fransiyaning Parij shahridagi Eyfel minorasi va uning atrofidagi odamlar bomba borligi haqidagi ogohlantirish tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda BFMTV xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun ertalab hududda bomba o‘rnatilgani haqidagi anonim xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng binoning uch qavati va uning atrofidagi joylardan odamlar olib chiqilgan. Sapyorlar guruhi hududda qidiruv ishlarini olib borayotgani hamda Eyfel minorasi hali ham tashrif buyuruvchilar uchun yopiqligi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, minoraning portlatilishi haqidagi xuddi shunday tahdid 2020 yilning 23 sentyabrida ham bo‘lgan va o‘shanda ham evakuatsiya e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bomba Eyfel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing