Eyfel minorasini portlatish to‘g‘risida tahdid bo‘ldi. Mehmonlar evakuatsiya qilindi
Olam
−
23 Sentabr 2020
6329Bugun, 23 sentyabr kuni politsiyaga Eyfel minorasini portlatish bilan tahdid qilib, noma’lum kishi qo‘ng‘iroq qilgan. Shundan so‘ng, Eyfel minorasida bo‘lib turgan mehmonlar va xodimlar vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Bu haqda Eyfel minorasining ekspluatatsiyalar bo‘yicha kompaniyasi xabar berdi.
"Bugun ertalab politsiyaga noma’lum kishidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Shundan so‘ng evakuatsiya e’lon qilindi. Bu yaqindagina sodir bo‘ldi. Hozir voqea joyiga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yetib kelishgan. Ular kerakli tekshiruvlarni olib borishmoqda", dedi tashkilot vakili. Vakil tekshiruv qancha davom etishi haqida aniq ma’lumot bermadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yodgorlik atrofi hanuzgacha politsiya tomonidan o‘rab olingan. Minora qurollangan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda.
LiveBarchasi