Litva va Latviyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar og‘ir ahvolda qolgan
Olam
−
28 dekabr 2019
12400Ijtimoiy tarmoqlarda Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaati tarqaldi.
Video tarqalgach, O‘zbekistonning Latviyadagi Elchixonasi mazkur vaziyat nazoratda ekanligini ma’lum qildi. Ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda muammoning yechimi ustida ish olib borilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Riga shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.
LiveBarchasi