Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 10 bemorning ahvoli og‘ir

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Ayni daqiqalarga kelib O‘zbekistonda koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlar soni 534 nafarni tashkil etyapti. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti rahbariyaining taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 98 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanyapti.

Epideomiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklarni ilmiy tekshirish instituti rahbariyatining taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 69 nafar bemorning 3 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanyapti”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari даволанди, 3 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing