Sardobadagi suv toshqinida necha kishi halok bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

“Sardoba” suv ombori dambasi yorilishi natijasida yuz bergan suv toshqinida olti kishi halok bo‘lgan va bir kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda bugun, 16 may kuni Xalqaro press-klubning Sardobadagi foijaga bag‘ishlangan sessiyasida FVV tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Aripov ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlarning orasida ikki nafar ayol va to‘rt nafar erkak kishi bor. Yana bir fuqaro esa bedarak yo‘qolgan.

Shuningdek, tadbirda uch nafar Milliy gvardiya harbiylari kuchli suv oqimida oqib ketishgani ma’lum qilindi.

Kapitan Sanjar Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda tirik va 3-darajali serjant Husniddin Suyarov o‘lik holda topilgan, uchinchi gvardiyachi Hazrat Suyunov esa bedarak yo‘qolgan deyilmoqda.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori yorilishi natijasida yuz bergan suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarga, gidroinshoot nima maqsadda qurilganini aytgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini Sardoba suv ombori

Baholaganlar

816

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing