Estoniya va Rossiya chegarasi yaqinidan 250 kilolik bomba topildi
Olam
−
03 noyabr 2025 4641 1 daqiqa
Estoniyaning Rossiya bilan chegarasi yaqinidan 250 kilogrammlik havo bombasi topildi. Bu haqda “Rostimees” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya chegarasi yaqinida joylashgan Ida-Virumaa okrugidagi Auvere qishlog‘ida yashovchi fuqaro o‘rmonda ertalab sayr qilish paytida katta bomba topgan.
Voqea joyiga yetib kelgan sapyorlar bu “urush davridagi” havo bombasi ekani va uning og‘irligi taxminan 250 kilogrammga yetishini aniqlagan. Mutaxassislar uni joyida yo‘q qilishni rejalashtirishmoqda. Yo‘q qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda va atrofdagi hudud aholisi portlash ovozlari haqida ogohlantirilgan.
Ma’lumot uchun, 1944 yilning yozida Boltiqbo‘yi hujumi paytida Auvere qishlog‘i yaqinida nemis va sovet qo‘shinlari o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tgan. Bombalar urush paytida ishlatilgan. Ammo bu bombaning 80 yil davomida ochiq hududda turishi hammani hayratlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Kyoln shahridan Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan uchta bomba topilgandi. Uni zararsizlantirish ishlari Reyn daryosining uchta ko‘prigi va muhim transport yo‘llariga, jumladan Kyoln markaziy vokzali bilan janubiy temiryo‘l aloqalariga ta’sir qilgan. Evakuatsiya zonasi ichiga Reyn daryosining o‘zi, Kyoln tarixiy markazi, bir nechta maktab va bog‘chalar, korxonalar va madaniy muassasalar kiritilgan.
Live
Barchasi