Estoniyada farzandlari maktabga xizmat mashinasida qatnagan vazir ishdan olindi

Olam

image
Zarbdor hokimi Captiva`si bo‘la turib, salkam 400 mlnga Trailblazer sotib oldi north_east

Zarbdor hokimi Captiva`si bo‘la turib, salkam 400 mlnga Trailblazer sotib oldi

Estoniyaning Ta’lim va fan vaziri Maylis Reps iste’foga chiqdi. Bugun, 21 noyabr kuni Prezident Kersti Kalyulayd Repsning arizasini qabul qildi va uni vazir lavozimidan ozod qildi.

“So‘nggi hafta siyosiy faoliyatimdagi eng og‘ir davr bo‘ldi. Men vazir va ona rollarini aralashtirib yuborganim uchun kuchli bosim ostida qoldim. Tan olaman, men xato qildim va buning uchun kechirim so‘rayman”, degan Reps.

Repsning so‘zlariga ko‘ra, u voyaga yetmagan farzandlariga xavfsiz tarbiyaviy atmosferani shakllantirmoqchi.

“Mana nima uchun men bugun ta’lim va fan vaziri lavozimidan ketishga qaror qildim, shuningdek, ish va oilaviy hayotni aralashtirib, yo‘l qo‘ygan siyosiy xatoligim uchun ham javobgarlikni zimmamga olaman”, deya qo‘shimcha qilgan Reps.

U o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirgan. Reps Riygikogu (Estoniyaning oliy qonun chiqaruvchi organi – parlament) deputati sifatida ishlashda davom etadi.

Estoniya Bosh vaziri Yuri Ratas Maylis Repsning Hukumatdan ketishi unga katta zarba ekanini aytgan.

Vazir Bosh vazirning taklifiga binoan Prezident tomonidan lavozimidan ozod qilinadi. Huddi shunday Bosh vazirning taklifiga binoan ta’lim vaziri lavozimiga yangi nomzod aniq bo‘lgach, Prezident hukumatning yangi a’zosini tayinlaydi.

Seshanba kuni “Õhtuleht” nashri Ta’lim va fan vaziri Mailis Reps vazirlik mulkidan va ishchi kuchidan noo‘rin foydalanayotgani, vazir haydovchisiga bolalarini tashishiga ruxsat bergani haqida xabar bergan edi. Ta’lim vazirining sobiq haydovchisi nashrga Mailis Repsning bolalarini o‘zidan ko‘proq olib yurganini aytgan.

Avvalroq, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi Captiva turib, xizmat mashinasi sifatida 370 mln so‘mga Trailblazer rusumli avtomobil sotib olgani xabar qilingandi.

Keyinroq Surxondar viloyat Davlat soliq boshqarmasi Moliya vazirligining rasmiy xatini qalbakilashtirib, Nexia-3 o‘rniga 349 mln so‘mga Equinox sotib olgani ma’lum bo‘lgandi.

Ammo har ikki holat bo‘yicha ham vakolatli idoralar tomonidan tegishli chora ko‘rilgani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Estoniya

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing