Konservatoriyaning eski binosi buziladimi? Toshkent shahar hokimligi izoh berdi
Jamiyat
−
22 fevral 2019
7029Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasidagi O‘zbekiston davlat Konservatoriyasining eski binosi buzishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati mazkur xabarlarga rasmiy javob qaytardi.
Unda eng avvalo ijtimoiy tarmoqlarda hamon ob’ektlarning buzilishi haqida turli asossiz mish-mishlar tarqalayotgani qayd etilgan.
“Shahar hokimiyati va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi mazkur tarixiy binoning buzilishi hech qachon rejalashtirilmaganini rasman e’lon qiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Hokimlik odamlarni turli mish-mishlar tarqatishga vaqt sarflamaslikka chaqirgan.
LiveBarchasi