Ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
Jamiyat
−
09 may 2023
7881Ertaga, 10 may kuni Toshkent shahrining bir nechta hududlarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Samarqand darvoza va Yangiobod ko‘chalari kesishmasida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-219 mm bo‘lgan gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi kuzatilgan. Mazkur kamchilikni bartaraf etish ishlarini “Hududgaz Poytaxt” GTF ning “Shayxontoxurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2023 yil 10 may kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan ertaga, 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
Bo‘takuz ko‘chasi 150 ta yerli xonadon;
Uch lola ko‘chasi 30 ta yerli xonadon;
Turk shelk ko‘chasi 35 ta yerli xonadon;
Mehnatkash ko‘chasi 200 ta yerli xonadon;
Guli Ra’no ko‘chasi 250 yerli xonadon;
Bolshevik ko‘chasi 300 ta yerli xonadon;
12 dekabr ko‘chasi 200 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti o‘chiriladi.
Bundan tashqari, ushbu hududdagi ulgurji iste’molchi hisoblangan 12 ta tashkilot ham gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi.
Nurmuhammad Fayzullayev