Ertaga sobiq vazir Aziz Voitov ishi sudda ko‘riladi

3-sahifa

image

Ertaga, 15 avgust kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda boshqalarga oid jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan A. Voitov (sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan X. Karimov (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq direktori) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan Toshkent shahar sudining binosida dastlabki eshituv o‘tkaziladi.

Dastlabki eshituv Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi, 205-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi sudga oshirilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Aziz Voitov sobiq vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing