Ertaga Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash marosimida ishtirok etadi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2021
9832O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 2 sentyabr kuni mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Oqsaroy qarorgohi – Islom Karimov ilmiy-ma’riy majmusiga borib, Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo‘yadi va uning xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
An’anaga ko‘ra, marosimda Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, Hukumat a’zolari, Oliy Majlis palatalari deputatlari, faollar ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni og‘ir xastalik sabab 78 yoshida vafot etgan edi.