Ertaga Mirzo Ulug‘bek aholisi suvdan, Bektemir aholisi gazdan uziladi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
4918Ertaga, 28 avgust kuni 2020 - 2021 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasi asosida Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 3 mavzesi nasos stansiyasi oldida ichimlik suv tarmog‘i yopqichlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan 28 avgust soat 10:00 dan soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda ichimlik suvi ta’minotida bosimi pasayadi, ba’zi hududlarda vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladigan hududlar:
Qorasuv 1 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 14, 15, 36, 45.
Qorasuv 3 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 13, 14;
• 8-oilaviy poliklinika;
• Stomatologiya.
Qorasuv 4 mavzesi:
• Ko‘p qavatli – 2.
Suv bosimi pasayadigan hududlar:
Qorasuv 1 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 23, 24... 31, 32ABV, 33, 34, 35.
Qorasuv 6 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 16, 17, 19ABVG, 22.
Avayxon ko‘chasi:
• Ko‘p qavatli uylar - 1, 2...15.
Shuningdek, ertaga, 28 avgust kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar Bektemir tumani “Suvsoz” mavzesida joylashgan gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
• Mustaqillik ko‘chasi;
• Chashma ko‘chasi;
• M.Avezov ko‘chasi;
• Qo‘qon Darvoza ko‘chasi;
• J-60 ko‘chasi;
• M.Avezov 1-tor ko‘chasi;
• Zilola MFY;
• “Mirishkor” MFY;
• “Rohat” MFY;
• “Istiqlol” MFY; -
• “Suvsoz” mavzesidagi barcha ulgurji iste’molchilar.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.