Ertaga Xitoyda motam kuni o‘tkaziladi
Olam
−
03 aprel 2020
7861Xitoy davlat Kengashi 4 aprelni koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar va odamlarni qutqarish uchun jon fido qilgan shifokorlar uchun milliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi va "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Motam kunida mamlakatdagi, jumladan, diplomatik missiyalarda barcha bayroqlar tushiriladi. Motam vaqtida barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilinadi. Ertaga, 4 aprel kuni soat 10:00 (Toshkent vaqti bilan 7:00) da butun Xitoy vafot etgan xotirasini sharaflaydi va uch daqiqalik sukut saqlaydi.
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi 2019 yilning dekabr oyida Markaziy Xitoyda boshlangan edi. Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash Davlat komissiyasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya chalinganlar soni 81,5 ming kishidan oshgan, 3,3 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Real vaqt hisob-kitoblarini olib boruvchi Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19’ga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 1 mln. dan oshdi. Kasallanganlarning yarmidan ko‘pi AQSH, Italiya, Ispaniya va Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi