Ertaga Buxoro shahri aholisi gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 29 may kuni soat 6:00 dan 18:00 gacha Buxoro shahri to‘liq gazdan uziladi. Bu haqda “Hududgaz Buxoro” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Buxoroshahargaz” filialida ta’mirlash ishlarining olib borilishi va 2020-2021 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilganidan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. 

“Iste’molchilar diqqatiga! Tabiiy gaz yuborilgandan so‘ng undan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlaringizni iltimos qilamiz. Korxona va tashkilot rahbarlaridan joylarda gaz xo‘jaligi bo‘yicha mas’ul xodimlar bo‘lishini ta’minlashlarini so‘raymiz.

“Hududgaz Buxoro” MCHJ ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli, yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyilgan tashkilot xabarida.

Avvalroq, Toshkent shahri Yunusuobod tumanining kattagina qismida gaz ta’minoti vaqtincha uzilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Buxoro

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing