Ertaga BMT Xavfsizlik Kengashi Armanistonning iltimosini bajaradi
Olam
−
15 avgust 2023
3069Ertaga, 16 avgust kuni soat 15:00da Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Qorabog‘dagi gumanitar vaziyatni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakolatxonasi o‘z saytida ma’lum qildi.
“Armaniston iltimosiga ko‘ra uchrashuv 16 avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi”, deyiladi AQSH elchixonasi xabarida.
Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlar avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qiladi va ish dasturini tuzadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi BMTga Qorabog‘dagi gumanitar vaziyatni muhokama qilish uchun Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish talabi bilan murojaat qilgandi. Baku esa Armanistonning bu harakatini ushbu xalqaro tashkilotni manipulyatsiya vositasiga aylantirishga urinish sifatida baholadi.
LiveBarchasi