Ertaga barcha davlat tashkilotlarida 1 soatga “svet” o‘chadi
Jamiyat
−
24 mart
25056Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda 25 mart – “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi.
“Maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik barchani ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqirgan.
“Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi