Ertaga Bahodir Jalolov Kanadadagi turnirda ringga chiqadi
Sport
−
05 fevral 2025 10846 1 daqiqa
Professional boksning super og‘ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov ertaga Kanadadagi boks oqshomida Devid Spilmontga qarshi ringga ko‘tariladi.
Havaskor boksda ikki karra Olipiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov o‘zining professional faoliyatidagi navbatdagi jangini Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomi doirasida fransiyalik bokschi Devid Spilmontga qarshi o‘tkazadi. Turnir Toshkent vaqti bilan 7 fevral tongida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jalolov professional faoliyatida 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi jangi 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning o‘zida mag‘lub etgandi. Spilmont esa oxirgi jangini 2024 yilda o‘tkazgan va o‘shanda Artem Charniakevichni 4-raundda nokautga uchratgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025