Ertadan O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2020 36548 1 daqiqa
Ertaga, 15 sentyabr kunidan boshlab AYOQSHlardagi Ai-92 markali benzinning narxi arzolashtiriladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, import qilingan Ai-92 markali benzin 6 000 so‘mdan 5 500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5 800 so‘mdan 5 500 so‘mga arzonlashtirilmoqda.
“Bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi, ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi” deydi “UNG Petro” MCHJ direktori Mirzohid Musayev.
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasi tasarrufidagi yoqilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ida sotilayotgan neft mahsulotlarining narxi bozor munosabatlaridan kelib chiqib shakllantirilishi haqida bir necha bor aytilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025