Ertadan maktab o‘qituvchilari ta’tilga chiqadi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 martdan e’tiboran O‘zbekistondagi barcha maktablarda o‘qituvchilar ta’tilga chiqadi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ta’til faqat o‘qituvchilarga taalluqli. Maktab direktori, direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiri, psixolog, farrosh va qorovul bu davrda maktabda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandan keyin 16 martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilindi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus bilan og‘riganlar soni 10 nafarga yetdi. Qurbonlar yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

ta'til koronavirus

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing