Ertadan qaysi faoliyat turlariga ruxsat beriladi?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi. Shu bilan birga ertaga, 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

"Qizil" hududlarda:

– riyeltorlik faoliyati;

– reklama va marketing faoliyati.

"Sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qo‘shimcha ravishda:

– avtomaktablar faoliyati;

– davlat tashkilotlarida ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati.

"Yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo‘shimcha ravishda:

– sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (hostellar bundan mustasno);

– sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

– oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish.

Bunda marosimlar fuqarolarning uy-joyida 30dan ko‘p bo‘lmagan mehmon ishtirokida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

"Yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni tashish uchun viloyatlararo avtobuslar va turistik tashkilotlar avtobuslari qatnoviga ruxsat berildi.

– avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi lozim;

– avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda harakatlanadi;

– avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning reyslar kesimidagi ro‘yxati (bazasi) yuritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bo‘ylab «qizil», «sariq» va «yashil» hududlar ro‘yxati yangilangan edi. Ro‘yxatda 6 viloyat "yashil" etib belgilandi. Shuningdek, barcha hududlarda o‘z kuchida qoladigan cheklovlar ro‘yxati ham ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

883

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing