Eronning “qo‘li yetadigan” AQSH bazalari soni ochiqlandi

Olam

image
G‘azablangan Eron Sulaymoniy uchun AQSHdan qasos olmoqchi north_east

G‘azablangan Eron Sulaymoniy uchun AQSHdan qasos olmoqchi

Eron AQSHning 36 ta bazasiga hujum qilishi mumkin. Aynan shuncha bazaga Eron zarbasi yetib boradi. Bu haqda Eron milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi boshlig‘i Mujtabo Zulnur Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin ma’lum qildi.

“Agarda amerikaliklar mintaqadagi boshqa davlatlarda joylashgan kuchlarimizni nishonga oladigan bo‘lsa, amerikaliklarni nishonga olishimiz yanada oson bo‘ladi”, deydi Mujtabo Zulnur.

Uning ta’kidlashicha, eng yaqin AQSH bazasi Bahraynda joylashgan. 

3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSH aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) tarkibidagi “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.

Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qildi va AQSHdan buning uchun qasos olishga va’da berdi.

“Quds” bo‘linmasiga Qosim Sulaymoniyning o‘rinbosari Ismoil Qooni qo‘mondon etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Qosim Sulaymoniy Quds

Baholaganlar

673

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing