Eronning eng qurg‘oqchil hududida suv toshqini yuz berdi
Olam
−
31 iyul 2023
6391Eron janubi-sharqida joylashgan Seyiston va Balujiston provinsiyasida suv toshqini oqibatida kamida 400 kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.
Eron Qizil Yarim Yarim Oy Jamiyatining mahalliy bo‘limi bayonotida aytilishicha, 15 ta qutqaruv guruhi viloyatning janubi-g‘arbida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. 300 dan ortiq kishi Qizil Yarim Oy jamiyati chodirlariga joylashtirilgan. Jabrlanganlarga oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak va zarur buyumlar topshirilgan.
Seyiston va Balujiston viloyati markaziy tumani rahbarining aytishicha, kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab infratuzilma ob’ektlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari zarar ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Eronning eng qurg‘oqchil viloyatlaridan bo‘lgan Seyiston va Balujistonda yozgi suv toshqinlari noodatiy holdir. Meteorologlar respublika janubi-sharqida qum bo‘ronlari tez orada qayta boshlanishidan ogohlantirmoqda.
LiveBarchasi