Eronga g‘alaba uchun kelganmiz – Abbosbek Fayzullayev
Sport
−
24 mart
7353O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbobsek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z kutilmalari bilan bo‘lishdi.
“Ertaga bizni qiziq o‘yin kutyapti. 2 ta yaxshi saviyadagi jamoalar to‘qnash keladi, lekin biz bu yerga g‘alaba uchun kelganmiz. Bor kuchimizni berib, g‘alaba uchun harakat qilamiz”, deydi futbolchi.
Fayzullayev kelgusida faoliyatini Yevropaning qaysi top klubida davom ettirishi mumkinligi haqidagi savolga javobni noaniq qoldirdi.
“Hozir bu savolga javob berish mavridi emas, chunki ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi va bor e’tiborimizni bo‘lajak bahsga qaratganmiz”, deydi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Eron bilan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirgandi.