Erondagi zilzila oqibatida bir yarim ming yillik tarixiy qal’a zarar ko‘rdi

Olam

image

Bugun, 8 may kuni Eron seysmologlari ikki viloyat - Tehron va Mozandaron chegaralarida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lganligini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,zilzila markazi yetti kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 0:48 (Toshkent vaqti bilan 01:18) da sodir bo‘lgan.

Eronda yuz bergan zilzila bir yarim ming yil oldin qurilgan mamlakat g‘arbidagi Falak-ol-Aflak qal’asiga zarar yetkazgan.

“Osmon jannati” degan ma’noni anglatuvchi Falak-ol-Aflak qal’asi Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida (224-651 yillarda) Xurramobod shahrida qurilgan. 2010 yilda mahalliy hokimiyat binoni qayta tiklash ishlarini yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron zilzila

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing