Erondagi konda metan portlashi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)
Olam
−
22 Sentabr
4020Eron sharqida joylashgan Janubiy Xuroson viloyatidagi Tabas shahri yaqinida “Madanju” shirkati tomonidan boshqariladigan ko‘mir konida gaz portlashi kamida 51 kishini hayotdan olib ketdi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Portlash kecha, 21 sentyabr kuni sodir bo‘lgan va avariya qamrab olgan B hamda S bloklari 250 metr chuqurlikda va 700 metr uzunlikda joylashgan.
Viloyat rahbari Javad Genaat qutqaruvchilar vayronalar ostidan 22 konchini ozod qilishga urinayotgani haqida aytgan edi. Qutqaruv operatsiyasiga shaxtada metan to‘planib qolgani to‘sqinlik qilgan. Davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia vaqtida ichkarida 69 kishi bo‘lgan.
“17 nafar yarador shifoxonaga yotqizildi, 24 kishi bedarak yo‘qolgan”, degan Erondagi Qizil xoch jamiyati rahbari.
Eron Prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
“Men vazirlar bilan gaplashdim va qo‘shimcha choralar ko‘rish uchun hamma narsani qilamiz”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumani “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlari olib borilishi vaqtida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgandi. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Shundan so‘ng, Bosh vazir o‘rinbosari va bir nechta mutasaddi rahbarlar konga yetib bordi. Konda vodorod sulfid sizib chiqishini bartaraf etish va so‘ndirish jarayoni yakunlandi. Unda ko‘plab odamlar qurbon bo‘ldi.
LiveBarchasi