Eronda jazirama sabab qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi
Olam
−
01 avgust 2023 6127 1 daqiqa
Eron hukumati joriy yilning 2-3 avgust kunlarini jazirama tufayli qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2-3 avgust kunlarini hukumat idoralari, banklar va maktablarni yopish to‘g‘risidagi qaror Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yuqori harorat tufayli issiqlikdan charchash holatlari ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirganidan so‘ng qabul qilingan.
Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, kelasi uch kun ichida Tehronda havo harorati yana ham ko‘tarilishi mumkin. Jazirama harorat Selsiy bo‘yicha 39 darajagacha yetishi mumkin. Avvalroq vazirlik yuqori harorat tufayli issiq urishi holatlari ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
So‘nggi kunlarda Eronda havo harorati Selsiy bo‘yicha o‘rtacha 40 darajaga yetdi. Bugun, 1 avgust kuni Tehronda termometr 38 darajani, Eron janubi-g‘arbidagi Ahvaz shahrida esa 50 darajani ko‘rsatdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025