Eronda o‘ynaydigan o‘zbekistonlik darvozabon 2400 km masofani mashinada bosib o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eron Xuzistonidan Turkiyaning Anqara shahrigacha bo‘lgan 2400 kilometr masofani mashinada bosib o‘tdi. Bu haqda “Metaratings” xabar berdi.

Noodatiy safarga Eron ustidagi havo hududining vaqtincha yopilishi sabab bo‘ldi. Yusupov barcha qiyinchiliklarga qaramay, terma jamoa uchun eng muhim o‘yinni o‘tkazib yubormaslikka qaror qildi va quruqlikdagi eng tezkor yo‘lni tanladi. Shunday qilib, posbon Turkiya orqali O‘zbekistonga kelgan. 

33 yoshli darvozabon Eronning “Fulad” klubida 2024 yilning iyul oyidan buyon to‘p surmoqda. Bu vaqt ichida u 7 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda darvozasi dahsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 3-tur doirasida Eron bilan bahs olib boradi. Uchrashuv soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron O'tkir Yusupov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing