Eronda Tojikiston fuqarosi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
21 Sentabr 2023
10085Erondagi masjidga hujum uyushtirgan asosiy gumonlanuvchi, asli tojikistonlik Rahmatulla Navro‘zov o‘limga hukm qilindi. Bu haqda Fors viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sayid Kozim Musaviy ma’lum qildi.
“Shoh Cherax masjidida ziyoratchilar va xizmatchilarga hujum qilish bo‘yicha birinchi raqamli ayblanuvchi Rahmatulla Navro‘zov ikki marta o‘lim jazosiga hukm qilindi”, deydi Fars viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i.
Sayid Kozim Musaviyning aytishicha, qolgan ikki ayblanuvchiga 5 yillik qamoq jazosi tayinlanishi hamda ular Erondan deportatsiya qilinishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi Rahmatulla Navro‘zov ISHIDga ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shilgan. U dastlab Turkiyaga, undan keyin noqonuniy ravishda Eronga, so‘ngra Pokistonga, u yerdan Afg‘onistonga kirib, ISHID terrorchilik guruhi tarkibida 3 oy davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. ISHID emissarlari unga Shoh Cherax masjidiga o‘t qo‘yish va dindorlarni otib tashlashni buyurgan. Oqibatda u masjidga benzin bilan kelib, gilamlarga o‘t qo‘yishga ulgurmasdan qo‘lga olingan. U oldida bo‘lgan avtomat bilan o‘tkinchilarga qarata 11 marta o‘q uzgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 avgust kuni Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherax masjidida terakt sodir bo‘lgan edi. U yerda 2 kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi jarohat olgandi.
LiveBarchasi